O'zbekiston chempionatining "Eng yaxshilari" aniqlandi!

  • 23.01.2026 01:56
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Olimpiya shaharchasining "Yakkakurashlar" arenasida tashkil etilgan kattalar bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z poyoniga yetdi.

An’anaga muvofiq chempionatning eng yaxshilari aniqlandi. Unga ko‘ra, "Eng yaxshi ayol bokschisi"deya Aziza Zokirova topildi. Albatta, Aziza barcha raqibalarini bir bosh ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi va ushbu nominatsiyaga ega chiqdi.

 "Eng yaxshi erkak bokschisi" esa Samandar Olimov bo‘ldi. Samandar ham butun chempionat mobaynida o‘zining texnikasi, tezligi va ringdagi aql bilan harakatlari evaziga muxlislar va mutaxassislarning mehrini qozona oldi. 

"Eng yaxshi terma jamoa" esa 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan, Mudofaa vazirligi jamoasiga nasib etdi. 

Farg‘onaliklar esa 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, Samarqand jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!