O‘zbekiston chempioni “Barsa” yulduziga baho berdi
“Bunyodkor” tarkibida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Rivaldo “Barselona”da porlay boshlagan 17 yoshli hujumchi Ansu Fatining imkoniyatlariga yuqori baho berdi.
- Klub kelajakda jamoani o‘z ortidan ergashtira oladigan va katta uchrashuvlar taqdirini hal qilishga qodir futbolchilarni tarbiyalashi shart. Kataloniyaliklar Fatiga katta badal summasi belgilagani, ularning futbolchiga ishonchi bilan bog‘liq. “Barselona”dagilar yaqin kelajakda Ansu hozirgi etakchi Lionel Messi darajasiga ko‘tarilishiga va uning o‘rnini egallashiga ishonmoqda, - dedi Rivaldo.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” yangi shartnomada Ansu Fatining transfer summasini 400 million evro qilib belgiladi. Bu futbolchi uchun yozda “Manchester Yunayted” tomonidan bildirilgan 100 va 150 million evrolik takliflarga rad javobi berildi.
Fikrlar