O‘zbekiston Chexiyadagi turnirda etakchilik qilmoqda

  • 6 iyul, 13:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Chexiya poytaxti Praga shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Prague Junior European Cup 2025" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Dunyoning 4 qit’asi 32 davlatidan jami 428 nafar dzyudochi qatnashayotgan turnirning birinchi kungi bahslari O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun omadli keldi. Kamol Murodov bosh murabbiyligidagi dzyudochilarimiz unda 2 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Ushbu natija bilan hamyurtlarimiz birinchi kundan so‘ng umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda ketishmoqda.

Oltin medallar:
-66 kg: Dishodbek Hamroev
+78 kg: Umida Nig‘matova

Bronza medallar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-63 kg: Sarvinoz Husanova

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!