O‘zbekiston drifterlari chempion!
Ali Ahmadxo’jayev
NAFKU Racing Team jamoaviy hisobda chempionlikni qo‘lga kiritdi
Bishkek shahrida 2025-yilgi Ochiq Qirg‘iziston Respublikasi Drifting Chempionatining final — uchinchi bosqichi yakunlandi. Ushbu tomoshabop musobaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 38 dan ortiq kuchli drifterlar hamda 9 ta jamoa ishtirok etdi.
2025-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra:
• O‘zbekiston vakili Li Sen Man jami 257 ochko to‘plab, Qirg‘iziston Respublikasining mutlaq drifting chempioni bo‘ldi
• NAFKU Racing Team esa jamoaviy hisobda chempionlikni qo‘lga kiritdi
Sportchilarimiz O‘zbekiston nomini munosib himoya qilib, mamlakatimiz avtosportining yuksak darajasini namoyish etdilar va xalqaro maydonda professionallik hamda matonat namunasi bo‘lishdi.

Izohlar (0)