
O‘zbekiston Frantsiyaga qarshi qanday rangdagi libosda harakat qilishi ma’lum
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ertaga U-17 Jahon chempionatining chorak finali doirasida Frantsiyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz oq-ko‘k libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.
Uchrashuvda foliyat olib boradigan hakamlar nomi ma’lum. Bosh hakam — Dahane Beida (Mavritaniya). Unga qanotlarda Dimbiniaina Andriatianarivelo (Madagaskar) va Jonatan Ahonto (Togo) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Pere Atchoga (Gabon) topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya — O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yin ertaga soat 13:30 da start oladi.
Fikrlar