
O‘zbekiston Iroqni asosiy vaqtda mag‘lub etib, Osiyo kubogi g‘olibiga aylandi!
Yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining final o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi maydonga tushdi. Unda vakillarimiz kichik 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi va turnir g‘olibiga aylandi.
Yagona gol termamiz sardori Umarali Rahmonaliev nomiga qayd etildi. U 11 metrlik nuqtada xatoga yo‘l qo‘ymadi.
Shu tariqa, vakillarimiz Osiyo kubogida chempionlikni rasmiylashtirdi. Iroq termasi kumush medallarga ega chiqqan bo‘lsa, Yaponiya va Janubiy Koreya termalari bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar