O‘zbekiston jiu-jitsu federatsiyasining hisobot-saylov konferentsiyasi o‘tkazildi

Kuni kecha O‘zbekiston jiu-jitsu federatsiyasining hisobot-saylov konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilinib, federatsiyaga yangi rahbar saylash kun tartibidagi asosiy masalaga aylandi.

Ushbu yig‘ilishda hududlardan tashrif buyurgan delegatlar, federatsiya mutiasaddilari, sportchi va murabbiylar ishtirok etdi. Konferentsiya davomida tashkilotga Kamilov Iqbol Hasanovich rais etib saylandi. 

Nabiev G‘ayrat Abdullaevich - bosh kotib sifatida faoliyatini davom ettirsa, Riza Safarov, Suhrob Usmanov va Rustam Agaliev - rais o‘rinbosarlari lavozimiga saylandi.

Tadbir davomida federatsiyaning Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik rejasi batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, "Fighting" va "Contact" dasturlarida sportchilarimizning imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, yig‘ilishda federatsiyaning kelajakdagi rejalari ham muhokama qilindi. Ayniqsa, mamlakatimizning erkaklar va ayollar terma jamoalarining 2026 yili Yaponiya davlatining Ayti-Nagoya shahrida o‘tkaziladigan XX-yozgi Osiyo o‘yinlari o‘yinlariga tayyorgarlik dasturi o‘rganib qichildi.

Buning barobarida, sportning jiu-jitsu turini ommaviyligini bundanda oshirish, bu bo‘yicha selektsiya tizimini takomillashtirish singari ko‘plab masalalar yuzasidan mutaxassislarning fikr va mulohazalari tinglanib, kerakli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, konferentsiya kun tartibiga ko‘ra, O‘zbekiston jiu-jitsu federatsiyasining yangi tahrirdagi ustavi ham tasdiqlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!