
O‘zbekiston kichik hisobda Vetnamdan ustun keldi
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan Vetnam - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shodiyor Shodiboev tomonidan 25-daqiqada kiritilgan gol vakillarimizga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Hamyurtlarimiz "D" guruhida Yaponiyadan keyingi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan holda, keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Fikrlar