
O‘zbekiston Kubogi. Bugun 2-turning yana 4 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 2-turi bugun ham davom ettiriladi. Kun dasturida 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan.
Bekobodning "Metallurg" klubi o‘z maydonida "Yangier"ni qabul qiladi. "Qo‘qon-1912" "Mash’al"ni mehmon qiladi. "Buxoro" "Surxon" maydoniga safar qiladi. "G‘ijduvon" o‘z uyida "Dinamo" sinovidan o‘tadi.
Dastlabki ikki o‘yin 16:30 da, qolganlari esa mos ravishda 17:00 va 18:30 da start oladi.
Fikrlar