O‘zbekiston kubogi. Bugun chorak final uchun qur’a tashlanadi
Bugun chorak final juftliklari masalasiga kuni oydinlik kiritiladi. Soat 19:00 da kubok doirasidagi AGMK - “Metallurg” o‘yini bo‘lib o‘tadi. “Sport” telekanali bilan kelishuv asosida mazkur bellashuvning tanaffusi vaqtida chorak finalga qur’a tashlanadi va u jonli efirga uzatiladi.
2-3 sentyabr kungi bellashuvlar 17:00 hamda 20:00 da start olishi belgilangan. Juftliklar shakllangach, qaysi o‘yin qaysi vaqtda va kunda bo‘lib o‘tishiga oydinlik kirtiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi 30 oktyabr kuni Buxoroda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar