
O‘zbekiston kubogi. "Neftchi" o‘z uyida "Metallurg" bilan durang o‘ynadi va guruhda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston kubogi 3-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Metallurg" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Bekobodliklarning yagona golini Sardor Abduraimov kiritdi. Farg‘ona klubining goliga esa G‘ulom Haydar G‘ulomov mualliflik qildi.
Ushbu natijadan so‘ng Bekobod klubi 1 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda 1-o‘rinni egalladi. "Neftchi" hisobida ham 7 ochko mavjud bo‘lib, ular to‘plar farqining yomonligi evaziga 2-pog‘onani band etdi.
Fikrlar