O'zbekiston kubogi. "So'g'diyona" peshqadam sifatida guruhni yakunladi, "Olimpik MobiUz" esa ikkinchi o'rinni egalladi
O‘zbekiston kubogi 3-tur uchrashuvlari yakunlandi va guruh bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Ushbu turda Ulug‘bek Baqoev murabbiyligidagi "So‘g‘diyona" "Olimpik MobiUz"ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, guruhdagi uchinchi g‘alabasiga erishdi.
"Mash’al" klubi esa uzoq vaqt kutilgan g‘alabasini "Respublika FA"a qarshi qo‘lga kiritdi (2:0).
Shu tariqa, jizzaxliklar guruhni 9 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi. "Olimpik MobiUz" esa 6 ochko to‘plagan holda, keyingi bosqich masalasini hal qildi.
.jpg)

Fikrlar