
O‘zbekiston kubogi. So‘nggi daqiqalarda gol urgan AGMK "Qizilqum"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan AGMK - "Qizilqum" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda mezbonlar raqibdan 3:2 hisobida ustun keldi.
To‘qnashuvning 27-daqiqasida Husniddin G‘ofurov o‘yinda birinchi golni urdi. 56-daqiqada Islom To‘xtaxo‘jaev muvozanatni tikladi. Biroz o‘tib, G‘ofurovning o‘zi olmaliqliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 81-daqiqada Kenjaboev hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv yakuniga yaqin Rahmonov g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar