Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbekiston kubogiga saralashning 1-bosqichi yakunlandi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Uchrashuv yakunlandi

Bugun O‘zbekiston kubogiga saralashning 1-bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Birinchi uchrashuvda Samarqandning “Sherdor” hamda Samarqand futbol akademiyasi jamoalari kuch sinashdi va bellashuv “Sherdor”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Samarqandliklar safida gollarga Zohir Sobirov, Akmal Kozimov va Murodjon Shamsiddinov mualliflik qildi. 

Kunning ikkinchi uchrashuvida Qo‘qonning “Havokand” va Toshkent futbol akademiyasi jamoalari to‘qnash keldi. Bu bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Seriyada omad qo‘qonliklarga kulib boqdi 5:4. 

Ma’lumot uchun, birinchi uchrashuvda g‘olib bo‘lgan “Sherdor” jamoasiga keyingi bosqichda Toshkentning “Oqtepa” klubi raqib bo‘ladi. “Havokand” esa Jizzax futbol akademiyasiga qarshi maydonga tushadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q