O‘zbekiston Liga kubogi. U qanday musobaqa?

Taqvimda mazkur musobaqa o‘yinlari uchun alohida kunlar belgilangan. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Musobaqada Superliganing 14 ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mash’al” hamda “Sho‘rtan” klublari ishtirok etadi. 2020 yildan boshlab O‘zbekiston kubogi musobaqasida ishtirokchilar soni aynan litsenziyalash talablaridan kelib chiqib belgilanadi, Liga kubogida esa O‘zPFL tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha futbol klublari o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, O‘zbekiston kubogida g‘olib chiqqan jamoada Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini yutib olish imkoniyati mavjud. Shunday ekan, litsenziyalash talablariga javob bera olmaydigan klublarning mazkur musobaqada ishtirok etishiga kelasi mavsumdan boshlab yo‘l qo‘yilmaydi.

Liga kubogining 16 jamoasi 4 ta guruhga ajratiladi. Jamoalar guruh bosqichida 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi. Bellashuvlarning qaysi maydonlarda o‘tishini qur’a jarayoni aniqlab beradi. Har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Keyin yarim final va eng so‘ngida final o‘yini. Guruh bosqichi 31 may sanasida start oladi. 

O‘zbekiston kubogida bo‘lgani kabi, Liga kubogi uchun qur’a marosimi ham jonli namoyish etiladi. Qur’a marosimi qachon tashkil etilishi tez orada ma’lum qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abdurasul Pirxonov
01/05/2019 16:39
Ажойиб а жуда ????????????
Ronaldo Junior
01/05/2019 13:50
Yaxshi g'oya