
O‘zbekiston milliy terma jamoasining hal qiluvchi o‘yini uchun chiptalar qanchadan sotilmoqda?
Osiyo kubogi – 2023 saralash bahslari 3-turi doirasidan o‘rin olgan Maldiv orollari - Shri-Lanka, O‘zbekiston – Tailand terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar uchun chiqarilgan chiptalar sotuvga chiqqan. Bu haqda "Navbahor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, chiptalar narxi 10.000 so‘m etib belgilangan va muxlislar bitta chipta xarid qilgan holda, har ikki bahsni bevosita stadionda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Chiptalar miqdori cheklangan.
Mazkur o‘yinlar 14 iyun kuni soat 17:00 hamda 20:30da boshlanadi.
Fikrlar