
O‘zbekiston MTJ AQShga qarshi qanday tarkib bilan maydonga tushadi?
Xabaringiz bor, bugun tunda O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQShga qarshi o‘rtoqlik bahsi o‘tkazadi. Bellashuv 02:30da start oladi.
Srechko Katanets boshchiligidagi milliy jamoamiz 4 sentyabr kuni Toshkentda yig‘ildi. Ertasi kuni Turkiya orqali AQShga borishni reja qilgan hamyurtlarimiz Istanbulda bir kun qolishga majbur bo‘ldi. Chunki vakillarimiz uchgan samolyot bir necha soatga kechikkani bois AQShga boradigan reysga ulgurmadi. 7 sentyabrda O‘FAning telegramdagi rasmiy sahifasida jamoamiz Sent Luis shahriga etib borgani xabar berildi. Ammo to‘liq tarkib bilan emas!
Ma’lum bo‘lishicha, Turkiya aeroportida bosh murabbiy Srechko Katanets to‘xtatib qolingan. Bunga sabab mutaxassisning avval Osiyoning boshqa davlatlarida ham ishlagani sabab sifatida taxmin qilinmoqda (aniq ma’lumot yo‘q). Ya’ni viza bilan bog‘liq.
O‘zbekiston MTJning AQShga qarshi o‘yinini kim sharhlashi ma’lum
Katanets O‘zbekistonning AQShga qarshi o‘yinida ishtirok etadimi?
Qolaversa, jamoaning yuklari kechikkan. Buni O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi sahifasida tasdiqladi.
Ha aytgancha, Toshkentdagi yig‘inga xorijdagi hamyurtlarimizdan faqatgina Aziz G‘aniev va Bobir Abdiholiqov etib borgan. Turkiyadan jamoaga qo‘shilishi rejalashtirilgan qolgan legionerlarimiz Rustam Ashurmatov (Rossiya, “Rubin”), Husniddin Aliqulov (Turkiya, “Rizespor”), Otabek Shukurov (Turkiya, “Fatix Karagyumryuk”), Eldor Shomurodov (Italiya, “Kalyari”) Toshkentdan kelayotgan sheriklarining samolyoti kechikkani uchun ular AShQga bir kun avval etib bordi.
Uzoq masofaga safar qilgan terma jamoamiz 8 sentyabrdan mashg‘ulotlarga kirishdi. Termamiz birinchi kuni asosan tiklanishga e’tibor qaratdi. Ertasi kuni esa o‘yin oldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi. Sport formasini tiklash oson bo‘lmasligi tabiiy.
AQSh terma jamoasi murabbiyi nega O‘zbekiston bilan o‘yindan bir kun oldin tarkibni e’lon qildi? - Davron Fayzievdan javob
Shundan kelib chiqib terma jamoamiz ustozi asosiy tarkibga bir kun avval etib borgan futbolchilarni maydonga tushirishini tahmin qilishimiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda Katanets ularga ishonadi. Rustam Ashurmatov, Husniddin Aliqulov, Otabek Shukurov va Eldor Shomurodovga ko‘p narsa bog‘liq. Ular o‘yinni qo‘lga olishi lozim. Chunki qolganlar to‘liq tiklanmagan.
AQSh jismonan baquvvat. Jismoniy kuchga tayanadi. Ular Qatardagi jahon chempionatida qit’amizning jismonan kuchli bo‘lgan terma jamoasi Eronni taslim etgandi. Shundan kelib chiqib Katanets quyidagi tarkibni maydonga tushirsa ajab emas.
Sxema: 5-4-1
Darvozabon: O‘tkir Yusupov
Himoyachilar: Farruh Sayfiev, Rustam Ashurmatov, Husniddin Aliqulov, Umarbek Eshmurodov, Hojiakbar Alijonov
Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Abdulla Abdullaev
Hujumchi: Eldor Shomurodov
Bekzod ISAEV
Fikrlar