
O‘zbekiston MTJ Iordaniyaga qarshi tayyorgarlikni boshladi. 2 nafar futbolchi yakka tartibda shug‘ullanmoqda
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan e’tiboran, Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Murabbiylar shtabi bugungi mashg‘ulotlarda asosan, tiklanish mashqlariga urg‘u berdi. Shuningdek, Vadim Abramov futbolchilar ishtirokida bir qancha taktik rejalarni sinab ko‘rdi.
Lutfullo To‘raev oyoq mushaklarida og‘riq sezgani sababli, mashg‘ulotlarni individual tarzda davom ettirmoqda. Darvozabonimiz Javohir Ilyosov ham qo‘l panja sohasidan jarohat olgani tufayli Denis Ivankov uni alohida shug‘ullantirmoqda.
Fikrlar