O‘zbekiston MTJ noyabrda printsipial raqibiga qarshi Toshkentda o‘yin o‘tkazadi

  • 10 oktabr, 2022, 19:13
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy jamoalari uchrashuv o‘tkazadi O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida poytaxtimizda yig‘in o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Tecno

Ushbu yig‘in doirasida Srechko Katanets shogirdlari Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Uchrashuv 16 noyabr kuni soat 18:00 da “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan milliy jamoamiz uchun so‘nggi paytlarda O‘FA tomonidan kuchli sparing-sheriklar tanlab kelinmoqda. Qo‘shnilarimiz Evropa Millatlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashib, “B” liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Mintaqamizdagi eng kuchli terma jamoalar bahsi, o‘ziga xos derbi futbol muxlislari tomonidan uzoq kutilgan va katta qiziqish uyg‘otadigan voqeaga aylanishi shubhasiz.

O‘FA matbuot xizmati 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Хасанов Сахобиддин
10/10/2022 19:47
Принципиалмиш охоо
араббаевич давлат
11/10/2022 09:21
Албатта принципиал булади, Марказий Осиёни иккита гиганти учрашади, худди бошка спорт турлари сингари жамоавий уйинларда хам принципиаллик булади.