O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasiga yangi rais saylandi

CHERY AUTO

Konferentsiya ishida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vitse-prezidenti Azizjon Kamilov, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi mutasaddilari, federatsiyaning mintaqaviy bo‘limi rahbarlari, murabbiylar, sportchilar va Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.

Tecno

Konferentsiya kun tartibidagi asosiy masala federatsiyasiga yangi rais va uning birinchi o‘rinbosarini saylashdan iborat edi. Konferentsiyani olib borgan tashkilot Bosh kotibi J. Atabullaev federatsiya raisligiga O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Oybek Kabiljanovich Norinboev nomzodini taklif qildi. Konferentsiya ishtirokchilari ushbu nomzodni bir ovozdan qo‘llab quvvatlashdi va Oybek Norinboev O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi raisi etib saylandi.

Raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari Doniyor Baxtiyorovich Kadirov nomzodi ilgari surildi. Delegatlar bu nomzodga ham ishonch bildirishdi va Doniyor Kadirov bir ovozdan O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!