O‘zbekiston OTJ keyingi bosqichga chiqsa, qaysi jamoa bilan o‘ynaydi?

  • 15 yanvar, 2020, 09:21
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Tailandning 3 ta shahrida 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun guruhdagi oxirgi o‘yinda maydonga tushadi. Lyubinko Drulovich shogirdlariga Janubiy Koreya raqiblik qiladi. Bellashuvda biz bir ochko olsak ham keyingi bosqichga yo‘l olamiz.

Davron Fayziev Janubiy Koreya bilan o‘yin oldidan: Shunday masalalarda murabbiylarimizning boshi doim og‘risin

Chorak finalga chiqsak, qaysi terma jamoa bilan o‘ynaymiz degan savollar paydo bo‘lmoqda. Agar keyingi bosqichga 1-o‘rin bilan chiqsak, "D" guruhidagi 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan kuch sinashamiz. Agar guruhda 2-o‘rinni egallasak, chorak finalda "D" guruhidagi 1-o‘rinni olgan termaga qarshi maydonga tushamiz.

Quyida "D" guruhidagi vaziyat bilan tanishishingiz mumkin:

photo_2020-01-13_20-43-18 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Низомтой Эргашев
15/01/2020 10:21
Д гурухдегиларди беееееемалол ютади УЗБЕКИСТОН
&
Фк сурхон
15/01/2020 13:48
Бизга қизиғи йӯқ қайси камандабилан ӯйнашни мухуми гурухдан чиқсак бӯлди