O‘zbekiston Pro-ligasi. "Zomin" yana mag‘lubiyatga uchradi, klubda vaziyat tobora yomonlashib bormoqda

Pro-liga 16-turidan o‘rin olgan "Zomin" - "Xorazm" uchrashuvi yakunlandi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchdi. 

Maydon egalari safida yagona golga Eldor Karimov mualliflik qildi. Xorazmliklarning gollari Beshimov, Tursunqulov va Jumaniyozov nomiga qayd etildi.

Mazkur natijadan so‘ng "Xorazm" ochkolari sonini 22 taga etkazib, 5-o‘ringa chiqib oldi. "Zomin" hisobida hamon 6 ochko mavjud bo‘lib, jamoa so‘nggi pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!