
O‘zbekiston Shimoliy Koreyadan deyarli barcha jabhalarda ortda edi
"JCh-2026" saralashi uchinchi bosqichining 6-turidan doirasidagi KXDR - O‘zbekiston bahsi yakuniga etdi.
Laosda bo‘lib o‘tgan mazkur bahsda hamyurtlarimiz minimal 0:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bellashuvdagi yagona golga Abbosbek Fayzullaev 44-daqiqada mualliflik qildi. 83-daqiqada Umar Eshmurodov qo‘l bilan o‘ynagani uchun qizil kartochka bilan jazolandi va darvozamiz tomon penalti belgilandi. Posbonimiz O‘tkir Yusupov esa mazkur 11 metrlik zarbada ajoyib seyv amalga oshirdi.
Shu tariqa, futbolchilarimiz muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va ochkolar sonini 13taga etkazib qo‘ydi.m
Shunday bo‘lsa-da, termamiz futbolchilari bellashuvda bir qator faktorlarda raqqibdan sustroq harakat qildi. Umumiy zarbalar borasida deyarli tenglik kuzatilgan bo‘lsa (15-16), aniq zarbalar borasida ikki terma ham bir xil ko‘rsatkich qayd etdi (2-2).
To‘p nazorati borasida koreyslar sezilarli ustunlikka ega bo‘ldi - 59-41. Bundan tashqari, paslar aniqligida ham raqiblarimiz yaxshiroq edi (76-69).
Quyidagi uchrashuv statistikasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Fikrlar