
O‘zbekiston Superligasi. "So‘g‘diyona" ketma-ket ikkinchi uchrashuv nursiz durang qayd etdi. Ular bugun bir kishi kam bo‘lib harakat qildi
O‘zbekiston Superligasi 16-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "So‘g‘diyona" o‘z maydonida "Neftchi"ni mehmon qildi. Mazkur o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.
Qayd etish lozim, bahsning 15-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Daniel Nasriddinov qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Ushbu natijadan so‘ng jizzaxliklar hisobidagi ochkolari sonini 32 taga etkazib oldi. "Neftchi" hisobida esa 19 ochko mavjud.
{game}/3196{/game}
Fikrlar