O'zbekiston terma jamoasi ertadan mashg'ulotlarni boshlaydi - O'FA
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 22 martdan Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Fabio Kannavaro FIFA Series uchun jalb etilgan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qilganidan xabaringiz bor.
Kengaytirilgan roʻyxatdan oʻrin olgan futbolchilarimiz — Jaloliddin Masharipov, Husniddin Aliqulov, Abbosbek Fayzullaev, Dilshod Komilov, Ibrohimhalil Yoʻldoshev, Abdulla Abdullaev, Alibek Davronov va Husayn Norchaev jarohati tufayli yigʻinni oʻtkazib yuborishi maʼlum boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, terma jamoamiz FIFA Series doirasida 27 mart kuni Gabon, 30 mart kuni esa Venesuelaга qarshi maydonga tushadi. oʻyinlar “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da start oladi.
Fikrlar