Asosiy mazmunga oʻtish

Velosport

O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Mashg‘ulotlarda 14 nafar sportchi qatnashmoqda.

7-16-fevral kunlari Tailandning Pxitsanulok shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda.

28 yanvar kuni boshlangan yig‘in 6 fevralga qadar davom etadi. Shundan so‘ng atletlarimiz qit’a birinchiligidagi ishtirokini boshlashadi. Mashg‘ulotlarda 14 nafar sportchi qatnashmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q