
O‘zbekiston terma jamoasining Gongkongga qarshi uchrashuvini koreyalik hakamlar boshqarib boradi
O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati hamda Osiyo kubogi 2-qo‘shma saralash bosqichi doirasida safarda Gong Kongga qarshi o‘yin o‘tkazishidan xabaringiz bor.
Mazkur uchrashuvda koreyalik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Kim Vo Sung, unga qanotlarda hamyurtlari Jang Jon Pil va Kang Dong Ho yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Kim Da Yong ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi uchrashuv 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da “Mong Kok” stadionida start oladi.
Fikrlar