O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi "Aktobe" ustoziga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Lokomitiv" klubi sobiq futbolchisi Vladimir Maminov Qozog‘istonning "Aktobe" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

"Aktobe" mavsum yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston Premer-ligasini tark etdi. Shartnoma tafsilotlari esa oshkor qilinmayapti.

Ma’lumot uchun, Maminovning so‘nggi ish joyi "Tyumen" klubi bo‘ldi. U 2017/18 yilgi mavsumda Rossiya klubini boshqargan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!