O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Belarusdagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

  • 15 yanvar, 2023, 18:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi 5-11 fevral kunlari Belarusning Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan “Rivojlanish kubogi” xalqaro turnirida ishtirok etadi. Ushbu terma jamoani tajribali mutaxassis Zayniddin Tojiev boshqarib boradi.

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, turnir g‘olibligi uchun 8 ta terma jamoa kurash olib boradi. Vakillarimiz “A” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Belarus (U-17), Qozog‘iston (U-17) va Rossiya (U-16) jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Guruh g‘olibi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

“A” guruhi.
Belarus (U-17)
Qozog‘iston (U-17)
O‘zbekiston (U-16)
Rossiya (U-16)

“B” guruhi.
Belarus (U-16)
Rossiya (U-17)
Eron (U-17)
Tojikiston (U-17)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!