O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogida qanday natijalar qayd etgan?

  • 14.12.2025 16:03
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Joriy yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonida U-23 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Milliy futbol markazida musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

OFKning rasmiy sahifasi Osiyo kubogi arafasida vakillarimizning avvalgi turnirlardagi ishtiroki va erishgan natijalarini eslatib o‘tdi.

Xabarda quyidagi natijalar keltirilgan:

— 2018 yil — chempion
— 2022 yil — kumush medal
— 2024 yil — kumush medal

Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa musobaqada «C» guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Eron, Janubiy Koreya va Livan terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!