Asosiy mazmunga oʻtish

Qishgi sport turlari

O‘zbekiston va Qirg‘iziston xokkey Federatsiyalari o‘rtasida memorandum imzolandi

Shahzod
Izohlar: 0

Bu haqda O‘zbekiston xokkey Federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

24 mart kuni Bishkekda O‘zbekiston (O‘XF) va Qirg‘iziston (QXF) xokkey Federatsiyalari o‘rtasida memorandum imzolandi. Xujjatlarga O‘XF vitse-prezidenti Kirill Matveev va QXF prezidenti Anvar Omorkanovlar imzo chekishdi.

Tomonlar sportning mazkur turini rivojlantirishda tajriba almashish, turli yosh toifalarda ikkala mamlakat klublari ishtirokida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etish borasida kelishib olishdi.

Shuningdek mavsum oldi tayyorgarlik jarayonlarini har ikki mamlakatda o‘tkazish masalalari ham muhokama etildi. 

Mazkur memorandum bolalar jamoalari o‘rtasida Bishkek meri kubogi doirasida imzolandi va uchrashuvda qo‘shni mamlakat xokkey Federatsiyasi rahbari O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida xokkeyga alohida e’tibor qaratilayotganini e’tirof etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q