O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatini birinchi o‘rinda yakunladi
Javohir Malikov
Amman shahrida dzyudo bo‘yicha qit’a chempionati o‘z nihoyasiga yetdi
Iordaniya poytaxti Amman shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida sportchilarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
-90 kg: Behruzbek Rustamboev
+100 kg: Fazliddin Rafikov
-70 kg: Durdona Tursunova
+78 kg: Zarina Bobonazarova
Kumush medal:
-100 kg: Muhammadali Sadullaev
Bronza medal:
-81 kg: Kamronbek Qodirov
-78 kg: Shoira Aminova
Shu tariqa, yosh dzyudochilarimiz 7 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan o‘smirlar jamoasi kabi musobaqani umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi.

Izohlar (0)