O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchiga "Bayer" xaridor!

  • 18 iyun, 2024, 21:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" "Shtutgart" klubi sardori Valdemar Antonni nishonga oldi.

Leverkuzenliklar himoyachi Jonatan Taning "Bavariya"ga o‘tish ehtimoli sabab,  Jonatanning o‘rnini "Shtutgart" futbolchisi bilan to‘ldirmogqchi va Valdemarni jamoaga olib kelmoqchi. 

Qayd etish joiz, Anton yakuniga etgan mavsumda o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi va ko‘plab top klublarning e’tiboriga tushdi. U barcha turnirlarni hisobga olganda, 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta assistni amalga oshirdi.

O‘zbekistonda tug‘ilgan Valdemar Antonning ayni damdagi transfer narxi 20 million evro hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!