O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda jarohat olgan Eron futbolchisi ikki oyga safdan chiqdi
"Al Ain International Cup" turniri finali doirasidagi Eron - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuvda vakillarimiz penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi va turnir chempioniga aylandi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida forslar etakchisi Saed Ezzatolloxi jarohat olib, maydonni tark etdi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 29 yoshli yarim himoyachi kamida ikki oy maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Ezzatolloxi 2024 yildan buyon BAAning "Shabab Al-Ahli" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar