O‘zbekistonlik ayol hakamlar CAFA seminarida ishtirok etdi

  • 01.02.2026 18:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

29–31 yanvar kunlari Milliy futbol markazida CAFA Female Referees Seminar / VAR Course 2026 o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli seminarada O‘zbekistonlik hakamlar — Edita Mirabidova, Dildora Rustamova, Nasibabonu Toshmuhammedova, Roziyabonu Yusupova va Gulshoda Saitqulova faol ishtirok etib, o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunladi hamda sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Seminar davomida ishtirokchilar VAR amaliyoti, o‘yin epizodlarini tahlil qilish, ofsayd, qoida buzilishlari, penalti vaziyatlari va o‘yinni boshqarish bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Ushbu seminar davomida amaliy va nazariy mashg‘ulotlarga tajribali instruktor Vladislav Setlin rahbarlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!