O'zbekistonlik ikki yosh futbolchi Portugaliya klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin
Portugaliyaning "Braga" klubi safida ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi to‘p tepishga yaqin turibdi.
"Sports.uz" saytiga ma’lum qilishicha, Sadriddin Xasanov hamda Sayfiddin Sodiqov "Braga" jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Hozirda futbolchilar Portugaliyada bo‘lib turibdi va tez orada klub bilan rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Sadriddin Xasanov joriy mavsumda "Bunyodkor" safida Superligada 6 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Sayfiddin Sodiqov esa "Andijon" safida ijarа asosida to‘p surib, 3 ta bahsda ishtirok etgan. Uning transfer huquqi aslida "Odil Junior" klubiga tegishli hisoblanadi.

Fikrlar