O‘zbekistonlik MMA jangchisi yozda AQShda jang qiladi

Karate, boks va jangovor sambo bo‘yicha O‘zbekiston va qator xalqaro musobaqalar chempioni, ayni damda esa Amir Temur sport klubi safida shug‘ullanayotgan Mirafzal Axtamov mashg‘ulotlarga jiddiy kirishdi. Iqtidorli sportchimiz tez orada Birlashgan Arab Amirliklarining "Teamnogueira fighter" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.

Mirafzal Axtamov joriy yilning iyul oyida AQShda o‘tkaziladigan butundunyo yakkakurash sport turlari bo‘yicha “Iska world martial arts chempionships” xalqaro musobaqasida MMA yo‘nalishida ishtirok etadi. E’tiborlisi, ushbu musobaqada Mirafzaldan tashqari shuningdek Suxrob Rahimbekov, Mironshox Asatullaev va Bobur Idievlar ham qatnashishlari ko‘zda tutilgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Team Uzbekistan
04/04/2019 00:26
Mirkoku