O‘zbekistonlik Oktagon ligasi chempionlarining raqiblari ma’lum!

  • 20 fevral, 2024, 14:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 10 mart kuni “Oktagon 56” turniri Toshkentda “Xumo” arenasida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq ba’zi bir sabalarga ko‘ra, Toshkentda musobaqani o‘tkazilishiga ruxsat berilmagan. Vaholanki, bir qator o‘zbekistonlik jangchilar chempionlik kamarlarini himoya qilar edi.

Tecno

Shu tariqa ushbu jang kechasi Almatida bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi. Hozirga kelib jang kechasining ikki asosiy jangi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Unga ko‘ra, liganing o‘rta vazn (83,9 kg) toifasidagi chempioni Islom Baltaev (4-2) qozog‘istonlik mag‘lubiyat bilmay kelayotgan Kerim Daidovga (9-0) qarshi jang qilsa, engil vazn (70,3 kg) toifasidagi liganing yana bir o‘zbekistonlik jangchisi Doston Bozorov (8-1) qozog‘istonlik Nurbek Tajibaevga(6-2) qarshi oktagonga ko‘tariladi. Shuningdek, bir qator yurtdoshlarimizning ham jang qilishi kutilmoqda. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!