O‘zbekistonning Italiya futboli afsonalariga qarshi tarkibi e’lon qilindi. Yaqin o‘tmishning yorqin yulduzlari yana maydonga chiqadi

  • 6 may, 2022, 23:04
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

18 may kuni Futbolimiz va Italiya futboli afsonalaridan iborat jamoa o‘rtasida o‘yin o‘tkaziladi.

Uchrashuv “Paxtakor” stadionida tashkil etiladi. O‘FA matbuot xizmati ushbu bahs uchun terma jamoamiz tarkibini e’lon qildi.

O‘zbekiston: Pavel Bugalo, Ignatiy Nesterov, Baxtiyor Ashurmatov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Shavkat Mullajonov, Akmal Shorahmedov, Asqar Jadigerov, Islom Inomov, Asror Aliqulov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Timur Kapadze, Sanjar Tursunov, Aziz Xaydarov, Jasur Hasanov, Eldor Magdeev, Aleksandr Geynrix, Bekzod Mamatqulov, Shuhrat Mirxoldirshoev, Nosir Otaqo‘ziev, Anvar Soliev, Ne’matillo Qutiboev.

Bugun O‘FA majlislar zalida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda o‘yinni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi - Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo‘chqorov ishlashi ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Tohirbek
07/05/2022 00:29
xozir uynayotganlarga nima bor Italiyadan xammasi utmish uyinchilari bizdagilar yoshku ulardan kura