O‘zichi? Eron hujumidan keyin Ronalduning samolyoti Saudiya Arabistonini tark etdi
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning qiymati 61 million funt sterling bo‘lgan xususiy samolyoti tungi payt Saudiya Arabistonini tark etdi.
- Bu holat mojaro keskinlashgan sharoitda futbolchi mamlakatni shoshilinch ravishda tark etgan bo‘lishi mumkin, degan mish-mishlarga sabab bo‘ldi, - deb yozadi Daily Mail nashri jurnalistlari.
Ronaldu Er-Riyod shahrida sevgilisi Jorjina Rodriges va besh nafar farzandi bilan yashaydi. Shahar Eron dronlari hujumiga uchradi, hujumlar esa to‘rtinchi kun davom etmoqda.
Tunda dronlar Saudiya Arabistoni poytaxtidagi AQSh elchixonasiga zarba berdi.
Xorijiy fuqarolar Yaqin Sharqni ommaviy ravishda tark etmoqda, Ronalduning samolyoti Madridga uchgani haqidagi ma’lumotlar esa internetda paydo bo‘ldi.
Parvozlarni kuzatish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Bombardier Global Express samolyoti Ispaniya poytaxtigacha qariyb yetti soat parvoz qilgan.
2024 yili Krishtian Ronaldu 2015 yilda 16 million funt sterlingga sotib olgan Gulfstream G200 rusumli samolyotini sotib yubordi va 61 million funt sterlingga yangi Bombardier Global Express 6500 samolyotini xarid qildi.
Samolyot to‘liq qora rangda bo‘lib, 15 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Uning dizaynida Ronalduning logotipi va o‘ziga xos usulda golni nishonlayotgan silueti tasvirlangan.
Fikrlar