
O‘zil nega maydonga tushmayapti?
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning germaniyalik xavbeki Mesut O‘zil nega tarkibga kiritilmayotgani haqidagi savolga javob berdi.
O‘zil so‘nggi marta shu yilning mart oyida maydonga tushgan edi.
“Biz o‘yinga to‘liq tayyor bo‘lgan futbolchilarni tanlab olamiz. Tarkibga kirish juda qiyin, bu O‘zilga ham, qolgan futbolchilarga ham taalluqli.
Men sizlarning savollaringizni tushunaman va hurmat qilaman, ammo men birinchi navbatda o‘z ishimni sidqidildan bajarishim kerak. Men kim eng yaxshi formada bo‘lsa, shuni tanlayman”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar