Pablo Sarabiya bugungi bahsda Ispaniya terma jamoasiga yordam berolmaydi

  • 6 iyul, 2021, 12:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pablo Sarabiya “Evro-2020”ning yarim finalidan o‘rin olgan Italiyaga qarshi o‘yinda terma jamoasiga yordam berolmaydi. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike o‘yindan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Sarabiyadan tashqari barcha o‘yinchilar yarim finalga tayyor. Biz o‘yinni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”, - dedi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Sarabiya Shveytsariyaga qarshi bo‘lib o‘tgan 1/4 finalda jarohat olgan edi.

Ispaniya va Italiya terma jamoalari uchrashuvi bugun Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!