Asosiy mazmunga oʻtish

Paolo Kannavaro Italiya klubi taklifini rad etib, O‘zbekiston terma jamoasida qoldi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Italiya klubini boshqarish taklifini qabul qilmadi.

Paolo Kannavaro Italiyanning «Jul'yano» klubi bosh murabbiyi bo'lish taklifini rad etib, akasi Fabio Kannavaro bilan O'zbekiston terma jamoasida ishlashni davom ettirishga qaror qildi. Bu haqida TuttoMercatoWeb xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, «Jul'yano» rahbariyati Raffaele Di Napoli iste'fosidan keyin 45 yoshli mutaxassisni jamoa bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko'rgan. Tomonlar 2027 yil iyuniga qadar amal qiladigan va uzaytirish imkoniyatini nazarda tutuvchi shartnoma bo'yicha og'zaki kelishuvga ham erishgan. Biroq yakunda kelishuv amalga oshmagan.

Italiya matbuotiga ko'ra, bunga sabablardan biri Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasi bilan amaldagi shartnomasi bo'lgan. Italiyada mustaqil murabbiy sifatida ishlash uchun u terma jamoa bilan shartnomani bekor qilish masalasini hal etishi kerak edi. Ammo mutaxassis kamida 2027 yildagi Osiyo kubogiga qadar O'zbekiston terma jamoasida qolishga qaror qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q