
Para kibersport bo‘yicha musobaqa tashkil etildi
Bugun poytaxtimizda joylashgan “INNO” o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan ajratilgan grant asosida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston kibersport federatsiyasi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan insonlar o‘rtasida para kibersport bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
50 ga yaqin ishtirokchi qatnashgan musobaqa qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tdi. Yakunda esa g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Hamkor tashkilotlar kelajakda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan insonlar o‘rtasida mana shunday kibersport musobaqalarini ko‘proq tashkil etishga kelishib oldi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)


.jpg)





.jpg)


Fikrlar