
Para pauerlifting. Ruxshona O‘ktamova Jahon kubogining kumush medaliga sazovor bo‘ldi!
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Tailandning Pattaya shahrida para pauerlifting bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina ayollar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan vakilimiz Ruxshona O‘ktamova 108 kg natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yoshlar o‘rtasida Jahon va Osiyo rekordchisi hisoblangan hamyurtimiz ushbu natijasi orqali Jahon reytingida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Hozircha Jahon kubogida terma jamoamiz a’zolari tomonidan 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.
Fikrlar