
Parades: "De Rossining uslubi bizga juda yoqadi"
Evropa Ligasi chorak finali doirasidagi "Roma" va "Milan" o‘rtasidagi javob uchrashuvida ham "bo‘rilar" g‘alaba qozondi. Dastlab, Manchini hisobni ochgan bo‘lsa, Dibala farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan keyin Gabbiya hisobni qisqartirdi. Shu tariqa, umumiy hisobda rimliklar "Milan"ni 3:2 hisobida mag‘lub etishdi.
"Roma" yarim himoyachisi Leandro Paredes jamoasi yarim finalga chiqqani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz bu o‘yinni ishonchli tarzda o‘tkazdik. Bir kishi kam bo‘lib qolganimizda ham ishonchimiz yo‘qolgani yo‘q. Men va jamoamizning har bir a’zosi qo‘ldan kelganini qildi. Jamoam muvaffaqiyatiga hissa qo‘shganimdan xursandman. De Rossi ko‘rsatayotgan o‘yin menga juda mos keladi", - deya argentinalikning so‘zlarini yozadi Italiya matbuoti.
Eslatib o‘tamiz, Rim klubi Evropa Ligasi nimchorak finalida Londonning "Vest Xem" klubini mag‘lub etgan “Bayer” bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar