
Paralimpiya. O‘zbekiston delegatsiyasi para pauerlifting bo‘yicha rekord darajada litsenziyalar qo‘lga kiritdi!
Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) para pauerlifting bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi yakuniy reytingni e’lon qildi.
Quvonarlisi, litsenziantlar orasidan 8 nafar o‘zbekistonlik para pauerliftingchi joy oldi. Taqqoslash uchun, bundan avval bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida 3 nafardan ortiq para pauerliftingchi ishtirok etmagan.
Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan para pauerliftingchilarimiz bilan tanishing:
Ayollar
Aqidaxon Axtamova
Durdona To‘raeva
Ruxshona O‘ktamova
Ro‘za Qo‘zieva
Qudratoy Toshpo‘latova
Erkaklar
Bekzod Jamilov
Xusniddin Usmanov
Ilhom Halimov
Ma’lumot uchun, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para pauerlifting musobaqalari 4-7 sentyabr kunlari “Porte de La Chapelle Arena”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar