Asosiy mazmunga oʻtish

Boshqalar

Para Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan yoshlarimiz munosib kutib olindi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Ularga shunchaki tasanno deyish kerak.

O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi 2-6 dekabr kunlari Bahraynda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi IV Para Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib yurtimizga qaytib keldi.

Qahramonlarimiz Toshkent xalqaro aeroportida munosib kutib olindi! O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqa yakunlariga ko‘ra 11 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza, jami 18 ta medal qo‘lga kiritgan holda, umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egalladi. 

Aytish kerakki, ushbu nufuzli musobaqada qit’amizning 30 dan ortiq mamlakatidan 800 nafarga yaqin yosh para atletlar ishtirok etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q