
"Parij-2024". Yarim final juftliklari bilan tanishing! (futbol)
Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiadada futbol bo‘yicha chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga. yarim finalga yo‘l olgan jamoa nomlari ham ma’lum bo‘ldi.
Marokash AQShni ayab o‘tirgani yo‘q, Toriq shogirdlari javobsiz 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ispaniya esa Yaponiya ustidan yirik 3:0 hisobida zafa quchdi. Lopesdan dubl, Ruis esa bitta gol bilan cheklandi.
Misr Paragvay bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida zafar quchdi. Dastlab, Gomes hisobni ochgan bo‘lsa, Adel 88-daqiqada imkoniyatlarni tenglashtirdi. Frantsiya yoshlari Argentinani minimal 1:0 hisobida taslim qildi. O‘yindagi yagona golni 5-daqiqada Mateta urdi.
YaRIM FINAL JUFTLIKLARI
Frantsiya - Misr
Marokash - Ispaniya
Fikrlar