Asosiy mazmunga oʻtish

Parij-2024: Yorqinbek Odilov delegatsiyamiz hisobiga beshinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

U Tokiodagi 4-o‘rinni oltinga aylantirdi.

Hozirgina para engil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F57 klassida nayza uloqtirish bahslari yakunladi. Biz uchun ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Yorqinbek Odilov 50.32 metr natija qayd etib, delegatsiyamizga beshinchi oltin medalni taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, Yorqinbek Odilov bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q